Rasman! Otabek Shukurovning jamoadoshi Gretsiya klubiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Gretsiyaning PAOK klubi rossiyalik yarim himoyachi Magomed Ozdoevning transferi haqida o'zining ijtimoiy tarmoqlarida rasman e'lon qildi.
Avvalroq Istanbulning "Fotih Karagumryuk" jamoasida o'ynagan rossiyalik futbolchi keyingi ikki mavsumni Gretsiya chempionati grandi bilan o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Ozdoev o'tgan mavsumni "Zenit"ni erkin agent sifatida tark etganidan keyin Turkiya chempionatida o'tkazdi. Andrea Pirlo boshchiligidagi "Fotih Karagyumryuk" tarkibida Superligada beshta gol urib, jamoaning eng yaxshi va ajralmas futbolchilaridan biriga aylandi.
Taxminlarga ko'ra, greklar turk klubiga rossiyalik yarim himoyachi uchun 1 million evro to'lagan. PAOK o'tgan mavsumni Gretsiya chempionatida to'rtinchi o'rinda yakunladi va UEFA Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun saralash o'yinlarida ishtirok etmoqda. Klub bosh murabbiyi taniqli ruminiyalik murabbiy Mircha Lucheskuning o'g'li - Razvan Luchesku hisoblanadi.