London klubi futbolchisi Frantsiya chempionatiga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
Sky Sports nashri xabariga ko'ra, Frantsiyaning "Lill" klubi "Fulxem" hujumchisi Ivan Kavaleyruni sotib olmoqchi.
29 yoshli portugaliyalik futbolchi 2019 yildan buyon “Fulxem” safida to'p tepmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 2,2 million evroga baholamoqda.
2022/23 yilgi mavsumda Kavaleyru "Antalyaspor"da ijara asosida o'ynagan. Forvard 25 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.