"Chelsi" futbolchisi Frantsiyaga yo'l olmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
"Chelsi" hujumchisi Angelo Gabriel ijara asosida Frantsiyaning "Strasburg" jamoasiga o'tadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 18 yoshli braziliyalik futbolchi tez orada frantsuz klubiga o'tadi. Qayd etilishicha, yosh vingerni ijaraga berish "ko'klar" rahbariyatining dastlabki rejalaridan biri bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Angelo Gabriel shu yozda "Santos"dan 15 million evro evaziga "Chelsi"ga o'tgan edi. Futbolchi sobiq jamoasi tarkibida jami 129 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Chelsi” yangi mavsumdagi ilk o'yinini 13 avgust kuni “Liverpul”ga qarshi o'tkazadi.