"Barselona" futbolchisi bunga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
"Barselona" futbolchisi APLga yo'l olishni istaydi. Xabarlarga ko'ra, "Tottenxem" kataloniyaliklar yarim himoyachisi Frank Kessiega jiddiy qiziqish bildirmoqda.
26 yoshli futbolchining o'zi ham Angliyaga ketishga tayyor. Unga "Yuventus" ham qiziqish bildirgan. Ammo ivuarlik yarim himoyachi Italiyaga qaytishni xohlamayapti. Kessie uchun "Barsa" 15 million evro so'ramoqda.
Manba: caughtoffside.com