Chempionshipga tushib ketgan jamoa o'z futbolchisini 29 million evroga sotishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Sautgempton" yarim himoyachisi Jeyms Uord-Prouz jamoadan ketmaydi.
“Avliyolar”ning Premer-ligadan tushib ketishi bilan 28 yoshli futbolchining boshqa jamoaga o'tish imkoniyati keskin oshdi, ammo hozircha “Sautgempton”ning talabani hech kim qondira olmadi.
The Athletic nashri xabariga ko'ra, Uord-Prouzga "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda, ammo muzokaralar davom etmayapti. Sautgempton o'z sardorini 25 million funtga (29 million evrodan sal ko'proq) sotmaydi.
Jeyms Uord-Prouz Transfermarkt tomonidan 38 million evroga baholangan. Yarim himoyachining shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.