"Barselona" futbolchisiga APL klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
"Barselona" yarim himoyachisi Frank Kesse faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Kataloniya klubi moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida kamdan-kam hollarda asosiy tarkibga kiruvchi 26 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.
Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, “Vulverxempton” Kessega da'vogarlar ro'yxatiga qo'shilgan, ular allaqachon ivuarlik bilan shartnoma imzolash imkoniyatini o'rganishni boshlagan. Avvalroq, yarim himoyachining "Yuventus" klubiga o'tishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Transfermarkt portali Frenk Kessening transfer narxi 25 million evroga baholamoqda. Futbolchining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilda yakuniga etadi.