Yaponiyalik futbolchiga A Seriyaning uchta klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
Yarim himoyachi Daichi Kamadaga Italiya A Seriyasining uchta klubi qiziqish bildirmoqda.
26 yoshli futbolchi Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan tekinga ketganidan keyin hamon klub topa olmadi.
Insayder Ekrem Konurning so'zlariga ko'ra, bugungi kunga kelib yaponiyalik futbolchiga “Latsio”, “Napoli” va “Roma” da'vogarlar qatorida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq hujumkor yarim himoyachiga "Milan" va "Atletiko Madrid" klublari qiziqish bildirgandi.
Daichi Kamada Germaniya Bundesligasining so'nggi mavsumida “Ayntraxt” safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi 2017 yildan beri frankfurtliklarning sharafini himoya qilib kelayotgandi.