Amrabat faoliyatini qaerda davom ettirish borasida yakuniy qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabat "Manchester Yunayted"ga o'tishga intilmoqda.
Bir necha kun oldin paydo bo'lgan ma'lumotlarga ko'ra, "qizil iblislar" allaqachon marokashlik bilan bog'lanib, hamkorlikni muhokama qilishgan.
SportItalia nashrining yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi nihoyat "Manchester Yunayted"ga o'tishga qaror qilgan. Yarim himoyachi "Fiorentina"dan Angliya top-klubiga o'tishini ma'qullashini kutmoqda. "Binafsharanglilar" o'z etakchisini sotishdan 30 million evroga yaqin daromad olmoqchi va hafta oxirigacha tomonlar o'rtasida murosaga erishilishi mumkin.
Amrabatga "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, "Barselona" yarim himoyachiga da'vo qilgandi.