"Tottenxem" "MYu"ning transfer maqsadini barbod qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
"Fiorentina" va Marokash terma jamoasining tayanch yarim himoyachisi Sofyan Amrabat "Tottenxem"ga o'tishi mumkin.
Todofichajes nashri xabariga ko'ra, "shporlar" rahbariyati "Manchester Yunayted" bilan marokashlik futbolchi uchun kurashmoqchi.
Poytaxt klubi 26 yoshli futbolchi uchun 30 million evro to'lashga tayyor. Bu Florentsiya klubi futbolchi uchun talab qilayotgan summa.
O'tgan mavsumda Sofyan Italiya chempionatining 29ta o'yinida ishtirok etgan. Yarim himoyachi 29 ta bahsda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.