"Espanol"ning italiyalik futbolchisi Angliya klubiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
"Espanol" va Italiyaning 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Luka Koleosho Angliyaning "Byornli" klubiga o'tdi. Transfer summasi oshkor qilinmayapti. Futbolchi 4 yillik shartnoma imzoladi.
Koleosho o'tgan mavsumda La Ligada 4 ta o'yin o'tkazib, 55 daqiqa o'ynadi va bitta gol urdi.
18 yoshli italiyalik futbolchi 2023 yilgi U-19 Evropa chempioni hisoblanadi.