"Vulverxempton" Ruben Neveshga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
"Vulverxempton" tez orada yarim himoyachi sotib oladi. Xabarlarga ko'ra, "bo'rilar" Ruben Neveshga o'rinbosar topib qo'ydi. "Mityullad" futbolchisi Emiliano Martines ayni damda APL klubi radariga tushgan.
23 yoshli yarim himoyachi ayni damda 2.8 million evroga baholanmoqda. Unga "Vest Xem" qiziqish bildirgan. Urugvaylik futbolchining amaldagi bitimi 2027 yilda yakunlanadi.
Manba: newsnow.co.uk