"Lester Siti" futbolchisi jamoadan ketmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"Lester Siti" futbolchisi tez orada jamoadan ketishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "tulkilar" yarim himoyachisi Xamza Chaudri yangi klubga o'tadi. Ingliz futbolchisiga "Sautgempton" qiziqish bildirgan.
Uning amaldagi bitimi 2024 yilda tugaydi. Chaudri o'tgan mavsumni "Uotford"da, ijara asosida o'tkazgan edi. Yarim himoyachi ayni damda 10 million evroga baholanmoqda.
Manba: bbc.com