"Beshiktosh"ning marokashlik futbolchisi Qatarga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
Marokash terma jamoasi etakchilaridan biri, markaziy himoyachi Romae Saiss Istanbulning "Beshiktosh" klubini tark etib, Qatarning “As-Sadd” jamoasiga o'tdi. Bu haqda Qatar klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, "Beshiktosh" 32 yoshli futbolchini sotishdan 2,5 million evro ishlab topgan.
Eslatib o'tamiz, Saiss o'tgan yilning kuz-qishida Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatida to'rtinchi o'rinni egallagan Marokash terma jamoasi etakchilaridan biri edi.
Avvalroq futbolchilik faoliyatida “Beshiktosh”dan tashqari “Klermon”, “Gavr”, “Anje”, “Vulverxempton” kabi klublarda o'ynagan.