"Tottenxem" futbolchisi Moskva klubiga ko'chib o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
Moskvaning "Spartak" klubi Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Davinson Sanchesni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqdi insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, "qizil-oqlar" kolumbiyalik futbolchining transferi borasida "shporlar" bilan kelishib bo'lgan va transfer summasi 12 million evroni tashkil qiladi.
27 yoshli futbolchining "Tottenxem" bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali uni 15 million evroga baholamoqda.