Dembele "Al-Ittifoq" klubiga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
"Lion" hujumchisi Mussa Dembele Saudiyaning "Al-Ittifoq" klubiga tekinga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
27 yoshli Dembele o'tgan mavsumda "Lion" safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozir Transfermarkt portali frantsiyalik futbolchini 12 million evroga baholamoqda.
Dembele “Lion”dan tashqari avval “Fulxem”, “Seltik” va “Atletiko” klublarida ham o'ynagan. Hujumchi "matraschilr" bilan birgalikda Ispaniya chempioni bo'lishga muvaffaq bo'ldi.