"Vilyarreal" "Milan" futbolchisini ijaraga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, "Vilyarreal" "Milan" markaziy himoyachisi Matteo Gabbiya bilan shartnoma imzoladi.
"Sariii suv osti kemasi" 23 yoshli futbolchini ijaraga oldi. Qayd etilishicha, bu kelishuv Ispaniya klubi vingeri Samuel Chukvuezening kelasi haftada amalga oshishi kerak bo'lgan "Milan"ga o'tishi bilan bog'liq emas.
Gabbiya "rossonerilar" tarbiyalanuvchisi. Matteo jamoa safida 51 ta o'yin o'tkazdi.