"PSJ" Mbappeni "Al-Hilol"ga sotishga rozi, lekin Kilianga APLning uchta klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
"PSJ" Kilian Mbappeni "Al-Hilol"ga sotishga tayyor.
Marca nashri xabariga ko'ra, Saudiya klubi tez orada hujumchi uchun hech kim takrorlay olmaydigan katta taklif yuboradi. Parijliklar uni qabul qilishga tayyor, ammo parijliklar 24 yoshli futbolchi baribir Evropani u qadar erta tark etmasligini bilishadi.
Mbappeni sotib olishga Premer-liga klublari ham qiziqish bildirmoqda. Ular orasida "Manchester Yunayted" va "Tottenxem", shuningdek, "Chelsi" ham bor, ammo "ko'klar" "PSJ"ga taklif bilan chiqishdan oldin bir nechta o'yinchini sotishi kerak bo'ladi.
Italiyada esa Mbappe uchun "Milan" yagona variant bo'lishi mumkin, ammo "rossonerilar" taklif bilan chiqishmadi.
Futbolchining o'zi borishni hohlayotgan "Real Madrid" tomonidan hech narsa qilinmayapti. Madridliklar o'zlariga vaqt o'tayotganidan unumli foydalanmoqchi va shuning uchun hozircha transfer bo'yicha muzokaralarni boshlamoqchi emas.