Rasman! Xabi Alonso klubi yangi hujumchi sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
Hujumchi Viktor Bonifas Belgiyaning "Union" jamoasidan Germaniyaning "Bayer" klubiga o'tdi. Bu haqda nemis jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.
22 yoshli nigeriyalik futbolchining "Bayer" bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan. Bonifas 22-o'yin raqamini tanladi.
Oldinroq leverkuzenliklar klubi hujumchi uchun 20 million evro, qo'shimcha ravishda 7,5 million bonus sifatida to'lashi xabar qilingandi.
Bonifas o'tgan mavsumda barcha turnirlar bo'yicha 55 o'yinda maydonga tushib, 22 gol va 12 golga assistentlik qilgan.
Germaniya chempionatining yangi mavsumi 18 avgust kuni boshlanadi va 19 avgust kuni “Bayer” “Leyptsig” bilan uchrashadi.