Xabi Alonso jamoasi 27 million evrolik transferni amalga oshirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
Belgiyaning "Union" jamoasi hujumchisi Viktor Bonifas faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega.
Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 22 yoshli nigeriyalik futbolchiga Leverkuzenning "Bayer" klubi qiziqmoqda.
Nemis klubi Bonifac uchun 20 million evro va 7,5 million bonus to'lovlarni taklif qilishga tayyor. Leverkuzenliklar uchun bu ustuvor transfer.
Afrikalik hujumchi o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 55ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 12ta golga assistentlik qilgan. Uning transfer narxi 12 million evro.