"Liverpul" "Manchester Siti" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolashgan yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Liverpul" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kalvin Fillipsni sotib olishga yaqin turibdi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Fillipsni Fabinoning o'rniga to'g'ridan-to'g'ri o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Fabino katta ehtimol bilan faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettiradi.
Eslatib o'tamiz, Fillips o'tgan yili “Lids”dan “Manchester Siti”ga ko'chib o'tgandi. Biroq, Kalvin Gvardiola jamoasining asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi.