"Barselona" va "PSJ" bir hujumchi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
"Barselona" yana Janubiy Amerikadan futbolchi xarid qilishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Palmeyras" hujumchisi Estevo Villian kataloniyaliklar radariga tushgan.
16 yoshli futbolchi o'z yurtida Messiga qiyoslanib, "Messino" deya nomlangan. Unga "PSJ" ham qiziqish bildirgan va 50 million evro taklif bergani aytilmoqda. "Barsa" Villianni 18 ga to'lganicha kutishga majbur.
Manba: newsnow.co.uk