Rasmiy xabar: Vitaliy Denisov «Rubin» futbolchisiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 634
Rossiya chempionatida to'p suruvchi hamyurtimiz Vitaliy Denisov jamoasini o'zgartirdi.
O'tgan mavsumni “Krilya Sovetov” jamoasida o'tkazgan futbolchi rasman “Rubin” a'zosiga aylandi.
Futbolchi yangi jamoasi bilan bir mavsumlik shartnoma imzoladi. Hamyurtimiz yangi klubi safida 29-raqam ostida to'p tepadi.