Rasman! "Chelsi" 18 yoshli futbolchini tekinga o'z safiga qo'shib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
"Chelsi" "Norvich"ning 18 yoshli futbolchisi bilan shartnoma imzoladi.
London klubi vinger Aleks Matosning transferini yakunladi. U o'tgan mavsumda "Norvich"ning 18 yoshgacha va 21 yoshgacha bo'lgan jamoalari safida o'ynadi. Matos "ko'klar" safiga tekinga kelib qo'shildi.
Aleks o'tgan mavsumda U18 Premer-ligasida 39 o'yinda maydonga tushib, 9 gol va 7 golga assistentlik qilgan.