"Napoli" himoyani kuchaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
"Napoli" Ispaniyadan futbolchi sotib oladi. Xabarlarga ko'ra, "Real Sosedad" himoyachisi Roben Le Norman Italiya chempionlari radariga tushgan. Le Norman Neopolda Kim Min Je o'rnini egallashi mumkin.
Koreyalik himoyachi "Bavariya"ga o'tishga yaqin turgan edi. Ammo San-sebastyanliklar o'z yulduzini qo'ldan chiqarmoqchi emas. Klub futbolchining 60 million evrolik tovon puli to'lab berilgandagina unga javob berishini bildirgan.
Manba: newsnow.co.uk