"Arsenal" bu xaridni deyarli hal qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
"Arsenal" bu xaridga juda yaqin turibdi. Sky Sports kanali xabariga ko'ra, "Ayaks" himoyachisi Yurrien Timber London klubiga o'tishga yaqin turibdi. "Arsenal" 22 yoshli futbolchi bilan og'zaki kelishuvga erishgan.
Endi hammasi ikkinchi taklifga bog'liq bo'ladi. Bu taklif 40-45 million evro atrofida bo'lishi aytilgan. To'pchilarning 30 million funtlik dastlabki taklifi rad etilgan. "Bavariya" Timber uchun kurashdan chiqqan. Avvalroq "Arsenal" Xaverts xaridini hal qilgan edi.
Manba: caughtoffside.com