Klopp rahbariyatdan Barellani sotib olishni so'ramoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barellani o'z jamoasiga olib kelishni istamoqda.
Caught Offside nashri xabariga ko'ra, nemis mutaxassisi klub rahbariyatidan italiyalik futbolchini keyingi transfer oynasida sotib olishni so'ragan.
"Inter" bu mavsumda Barellani sotish niyatida emas, ammo foydali taklif "neradzurrilar"ni o'z fikrini qayta ko'rib chiqishga majbur qilishi mumkin. Manbaning ta'kidlashicha, 80 million evro miqdoridagi mablag' kelishuvni yakunlash uchun etarli bo'lishi mumkin.
26 yoshli Nikolo Barella joriy mavsum A Seriyada 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.