Bahrom Norsafarov: «Kim favorit ekanini o'yin ko'rsatadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 926
Bugun 2 aprel kuni O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi binosida Tokio-2020 2-saralash bosqichidan o'rin olgan uchrashuvlar oldidan matbuot anjumani tashkil qilindi.
Mazkur matbuot anjumanida O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Baxrom Norsafarov fikrlarini bildirib o'tdi.
“Guruhimizdagi barcha terma jamoa a'zolarini Toshkentda ko'rib turganimdan xursandman. O'zbekistonga xush kelibsiz! Bizning terma jamoa saralashning birinchi bosqichida qatnashmadi. Shunga qaramay, hozirda biz yaxshi sport formasidamiz. Ikkita xalqaro musobaqada ishtirok etdik.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati biz uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Shunga yarasha biz ham sifatli futbol namoyish etib, oldimizga qo'yilgan vazifani uddalashga harakat qilamiz. Terma jamoa a'zolarining barchasi safda. 90 daqiqa maydonda to'p surish uchun ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan tayyormiz. Raqiblar haqidagi ma'lumotlar bizda bor, lekin hammasi maydonda hal bo'ladi. Kim favorit ekanini o'yin ko'rsatadi. Barcha raqiblarga bir xil munosabatda bo'lamiz”, - deydi Norsafarov.