«Lokomotiv» muxlislarga syurpriz tayyorlab qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 282
O'zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv" Superliga 2-tur uchrashuvini o'z maydonida o'tkazadi.
"Temiryo'lchilar" 30 mart kuni "Lokomotiv" stadionida Namanganning "Navbahor" jamoasi bilan kuch sinashishadi. O'yin 19:00da boshlanadi.
Shu kuni "Lokomotiv" stadioniga kelib chipta xarid qilgan muxlis UZMOBILE aloqa operatoridan chiroyli raqamga ega bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritadi. Uchrashuvning tanaffus vaqtida muxlislar uchun lotereya o'ynaladi va omadli chipta egasiga UZMOBILE kompaniyasi tomonidan chiroyli raqam taqdim etiladi.
Shunday ekan, 30 mart kuni TTZ "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadigan "Lokomotiv" - "Navbahor" bahsini o'tkazib yubormang.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!