«Anchelotti bizning Fergyusonimiz bo'lib qolsa deyman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 778
«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis klub bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'z lavozimida uzoq yillar qolishini istayotgani haqida aytib o'tdi.
«Men Neapol shahrini va klubimizni yaxshi ko'radigan murabbiyni taklif etganman. U kuni kecha «Napoli»da 8 yil ishlashni xohlayotganini aytdi. Men esa u umrbod biz bilan qolsa, deyman. Xuddi Aleks Fergyuson kabi.
Murabbiy o'zini klubga baxshida etishi bilan jamoadagi barchaga namuna bo'lishi lozim, deb hisoblayman», – dedi «Napoli» rahbari Sky Sport Italia bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Anchelotti o'tgan mavsum oxirida hozirgi lavozimiga tayinlangan, u uch mavsum davomida klubga ustozlik qilib, so'ng «Chelsi»ga o'tgan Mauritsio Sarrining o'rnini egallagandi.
59 yoshli mutaxassisning ilk mavsumida neapolliklar Evropa Ligasining chorak finaliga etib kelishgan. Bu bosqichda klubni Londonning «Arsenal»iga qarshi o'yinlar kutmoqda.
«Napoli» Italiya kubogidagi ishtirokini chorak finalda to'xtatdi, A Seriyada esa «Yuventus»dan 15 ochkoga ortda qolib, 2-o'rinda bormoqda.