So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
La Liga rahbariyati “Real Madrid”ga Xolandni sotib olish uchun foizsiz kredit bermoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

La Liga Erling Xolandni sotib olish uchun “Real Madrid”ga foizsiz kredit berishi mumkin, deya ma'lum qildi Ispaniya chempionati prezidenti Haver Tebas Liga rivojlanishiga bag'ishlangan yig'ilishda.
Funktsionerning so'zlariga ko'ra, “Og'ir zamonda top-klublar va umuman futbol kelajagi bevosita yosh iste'dodlarga bog'liq, shu bois, jumladan, boshqa ligalar bilan raqobatlashish uchun imkon qadar ko'proq yosh yulduzlarni jalb qilishimiz kerak.
“Barselona”da qancha istiqbolli futbolchilar borligini aniq ko'rib turibmiz va afsuski “Real Madrid” yoshi kattaroq futbolchilar bilan o'ynamoqda. Shuning uchun biz klubga 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilarni sotib olish uchun 100 million evro miqdorida foizsiz kredit taklif qilishga qaror qildik. Albatta, ajratilgan pulni qanday sarflashni, Erling Xoland kabi bir superyulduz yoki bir nechta istiqbolli futbolchilarni sotib olishni klubning o'zi hal qiladi.
Maqsadimiz yana bir bor “el-klasiko”ni dunyodagi eng ajoyib sport tadbiriga aylantirishdir”, dedi Tebas.