So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Xolandning oldida ikkita katta yo'l qolgan. U qay birini tanlaydi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 431

Erling Hollandning bo'lajak transferi ayni dam Kilian Mbappenikidan ham qiziqroq tus olgan. Hozirda «PSJ» va «Real» frantsuz uchun kurashayotgan bo'lsa, norvegiyalik futbolchiga deyarli barcha top-klublar og'iz solib ko'rdi. Uning «Borussiya» bilan shartnomasi 2,5 yildan so'ng tugaydi. Biroq Erling Dortmundda oxirigacha qo'nim topishi juda qiyin. talab juda yuqori. Quyida uning bo'lajak manzili qaer bo'lishi haqida qisqacha fikr yuritamiz.
«Barselona»
Kataloniyalikning Holand agenti bilan og'zaki kelishuvi mavjud, lekin uni sotib olishga pul hozircha etarli emas. Joan Laportaning shaxsan o'zi Xolandni Kataloniyaga jalb qilmoqchi. Buni «Barselona»ning sobiq rahbarlaridan biri Luis Karrasko ham tasdiqladi: «Laporta Xolandni jamoamizda ko'rmoqchi ekanini juda yaxshi bilaman. Qolaversa, Erlingning o'zi ham EChLni yutishi bo'lgan jamoa tarkibida o'ynashni maqsad qilganini rost», - deydi Karrasko.
Shuningdek, Laporta Erlingning agenti Mino Rayola bilan ham yaxshi munosabatlar o'rnatgan. Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, 2021 yilning dekabrida ular norvegiyalikning «Barselona»ga o'tishini muhokama qilishgan. O'shanda matbuot hatto Rayolaning Laportaga Xolandni Kataloniyaga ko'chib o'tishga ko'ndirishga va'da berganini yozishgan edi. Ammo bu jiddiy summa va yuqori urinishlarni talab qiladi.
Biroq bu erdagi asosiy muammo aslida boshqa va kutilganidan ham jiddiyroq bo'lishi mumkin. Ayniqsa, La Liga rahbari Xaver Tebas bunga shubha bilan qaraydi. Xoland bilan shartnoma imzolash uchun «Barsa» mavjud bo'lgan maosh fondini qisqartirishi kerak. «Biz hammamiz bu borada «Borussiya»ning qancha maosh so'rayotganini juda yaxshi bilamiz. Bu holatda «Barsa» deyarli barcha kamomatlarni qoplashi kerak bo'ladi va bu imkonsiz. Chunki men deyarli 500 million evro haqida gapiryapman”, - deydi Tebas.
Shu jumladan, «Barsa» allaqachon klubga yangi homiy izlamoqda - ular Yaponiyaning Rakuten kompaniyasi bilan hamkorlikni davom ettirishni istamayapti (ayrim ma'lumotlarga ko'ra, bu klubga yiliga 55 million evro daromad olib kelmoqda va mutasaddilar tomonidan ancha kam deya baholandi). Jerar Romeroning aytishicha, endi klub uchun yanada kuchli va «baquvvat» kompaniyalarni topish vaqti kelgan.
«Real Madrid»
Madridliklarda vaziyat boshqacharoq. Klubda Xolandni sotib olish uchun etarli pul bor, lekin jamoa unga ortiqcha to'lamoqchi emas. Madridliklarning iqtidorli norvegiyalikning transferidan u qadar ham ko'ngli to'q emas. Marca nashrining xabar berishicha, «Real» Erlingning ehtimoliy transferiga nisbatan salbiy kayfiyatda. Jamoaning asl maqsadi esa Kilian Mbappe. Shunga qaramay, Xoland intervyularidan birida faoliyatini aynan «qirollik klubi»da davom ettirmoqchiligiga ishora qilgan.
Jurnalist Janluka Di Martsio hujumchining La Ligada o'ynashni xohlayotgani haqida ko'plab postlarni e'lon qildi. Mutaxassis uning ehtimoliy transferida «Real»ning ustunligini yuqori baholaydi. «Ayni dam Xolandni sotib olishga faqatgina «Real» yoki «Barselona»ning qurbi etadi xolos. Hatto, u «Atletiko» yoki boshqa La Liga klubiga o'tishni xayoliga ham keltirmagan. Balki shuning uchun ham u o'z agentiga «Real»ga o'tishini tashkillashtirishi borasida xabar bergandir.
Agar bu ish o'xshamay qolsa, katta ehtimol bilan unga ikkinchi asosiy da'vogar «Barselona» bo'lib qoladi. Shundan keyin esa «Chelsi», «Manchester Yunayted» va boshqalar bilan kurash olib borishi mumkin. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, Xolandning o'zi ham qachondir Ispaniyada o'ynashini aytgan. U Marbelada o'tkazgan Rojdestvo ta'tilida muxlislarga shuni ishora qilgan edi.
Hozirda «Real Madrid»ning moliyaviy ahvoli yaxshi. La Liga prezidenti Xaver Tebas madridliklarda Xolandni ham, Mbappeni ham sotib olishga imkoniyat borligini aytdi. Ammo «Real» Mbappeni, «Barsa» esa Xolandni sotib olsa, ligaga avvalgi mavqe qaytishini ta'kidlagan.
«Borussiya» uni saqlab qola oladimi?
Bu erda dortmundliklarning imkoniyatlari juda kichik. Erling ehtimol, 2022 yilning yozida Germaniyani tark etadi. Ammo forvard keyingi olti oyni albatta Dortmundda o'tkazadi. «Xoland yanvarda hech qayoqqa ketmaydi. Variantlarning bo'lishi ham mumkin emas. Evropaning eng yaxshi hujumchisini qishki tanaffus vaqtida osongina sotib yuborishga kim ham rozi bo'lardi? Mavsum oralig'ida uni saqlab qolish albatta, qiyin. Lekin biz buni amalga oshirishga harakat qilamiz», - deydi klub bosh direktori Xans-Yoaxim Vattske.
«Borussiya» jamoa etakchisini anchayin qoniqarli moliyaviy taklif bilan o'zida ushlab qolishga harakat qilmoqda. Dekabr oyida Bild «Borussiya» uning maoshini ikki baravar oshirmoqchi (yiliga 8 million evrodan 16 million evrogacha) ekani haqida yozgan edi. Ammo La Liga yoki Premer-ligada unga bundanda ko'proq maosh to'lanishi tayin. Voqealar rivojini esa birgalikda kuzatamiz.