Mbappe "Real"da eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3501
Madridning "Real" klubi "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe bilan muzokara o'tkazdi.
"L'Equipe" manbasining yozishicha, futbolchi "qirollik klubi"da yiliga 15 mln evro maosh olmoqchi. Bu narx esa "Real" rahbariyatiga ma'qul kelmay turibdi. Ma'lumot uchun, ayni damda jamoaning eng ko'p maosh oladigan futbolchisi Garet Beyl (yiliga 14 mln evro) hisoblanadi. Keyingi o'rinlarda esa Serxio Ramos (11), Karim Benzema va Luka Modrich (10 mln evrodan) bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!