Toshkent marafonida 5 kilometr masofaga o'tkazilgan bahs g'oliblari ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1883
Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda “Navro'z” bayramiga bag'ishlab xalqaro yarim marafon tashkil qilindi. Ushbu tadbir doirasida 5 kilometr masofaga ham bellashuv o'tkazilib, g'olib va sovrindorlar nomi aniqlab olindi.
Unga ko'ra, erkaklar o'rtasidagi bahsda Otabek Toshquvvatov marra chizig'ini birinchi bo'lib kesib o'tdi. Qizlar o'rtasida esa Azizaxon Mirzaakbarovaga teng keladigani topilmadi. Batafsil:
“Navro'z” marafoni. 5 km, erkaklar.
1. Otabek Toshquvvatov
2. Humoyun Mahkamov
3. Xurshid Ahmadaliev
“Navro'z” marafoni. 5 km, qizlar.
1. Azizaxon Mirzaakbarova
2. Shohsanam Xurramova
3. Marjona Baratova
Birozdan so'ng 21 kilometr masofaga o'tkazilgan asosiy bellashuvda startga chiqqanlar marra chizig'ini kesib o'tishadi.