Penaltini kim bexato amalga oshiradi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1352
Olimlar tomonidan o'tkazilgan eksperimentning natijalari bilan tanishing!
Bukmeykerlik idoralari oldida ochilgan, anan penaltilar bilan shug'ullanuvchi Instat kompaniyasi olimlari 2009-yildan to hozirgi kunga qadar bo'lgan penaltilarni to'liq o'rganib chiqishdi va o'z xulosalarini ommaga etkazishdi. 10 yil davomida futbol olamida 91 ming bor 11 metrlik nuqtadan zarb yo'llashgan. Zarbalarning 75,49 foizi gol bilan yakunlangan. 17,57 foizini darvozabon qaytargan bo'lsa, 4,07 foizi darvoza ustunlarining yonidan o'tib ketgan, atigi 2,87 foizi esa darvoza ustunlariga borib tekkan.
Penaltini kim tepishi kerak?
Yoshi: 30
Ampla : Hujumchi yoki hujumkor yarim himoyachi
Qaysi oyoqda zarba yo'llaydi: Chap
Jamoada tutgan o'rni: Doimiy penalti tepuvchi
Penaltini aniq amalga oshiruvchilarning o'rtacha yoshi 32-33 yoshni tashkil etadi. Ulardan so'ng 33-34 yoshdagi futbolchilar ham bexato amalga oshiruvchilar ro'yxatidan joy olishdi. Penaltida eng ko'p xatoni 18-19 yoshlik futbolchilar amalga oshirgan ekan.
Qizig'i shundaki, terma jamoalar o'yinlarida vaziyat o'zgaradi. Xalqaro uchrashuvlarda esa eng yaxshi penaltini 26-27 yoshdagi futbolchilar amalga oshirishar ekan. Terma jamaolar safida eng bexato penaltini amalga oshiruvchi amplua egalari, ya'ni markaziy tayanch yarim himoyachilari peshqadamlik qilishmoqda. Ular o'zlari amalga oshirgan penaltilarning 79 foiz aniq ijoro etishadi. Eng yomon ijrochilar esa, asosan qanot hujumchilari ekan. Ularning ko'rsatkichlari 70 foizdan ham past.
10 yil davomida yo'llangan penaltilarning 91 mingidan 73 mingini o'ng oyoqda bajarishgan. Qolgan qismini esa chap oyoqda. Balki shu sabab, chap oyoqdagi zarbalarning 85 foizi golga aylanar ekan.
So'nggi o'n yillikda penaltilarni aniq amalga oshirish bo'yicha etakchi chempionat Yaponiyaning J1 ligasi deya ko'rsatilgan. Ushbu chempionatda penaltilarning 80,99 foizi gol bilan yakunlangani sababli, ushbu chempionat 10 yildan beri aynan shu ko'rsatgich borasida peshqadamlik qilib kelmoqda.
Instat kompaniyasi qaysi burj ostida tug'ilgan futbolchilar penaltini aniq amalga oshirishlarini hisoblab chiqishdi. Unga ko'ra Arslon burjida tug'ilgan insonlari penalti uchun layoqatli insonlar sirasiga kirishar ekan. Ushbu burjning yaqqol misoli Robert Levandovskiy. U o'z karierasi davomida 49 bor zarba yo'llab, bor gol ura olmagan ekan. U 31 bor ketma-ket aniq zarba yo'llab, Evropa rekordini ham yangilashga ulgurgan futbolchilar sirasiga kiradi.
Penaltini qaerga tepish kerak?
Chap burchak ?
O'ng burchak ?
Markazga ?
Eng qizig'i shundaki, ushbu nuqtalardan eng ko'p markazga zarba yo'llagan futbolchilar adashishar ekan. Ularning yo'llagan zarbalarining 21,28 foizi salbiy natija bilan yakunlanar, o'ng burchakka berilgan zarbalarning 5,6 foizi besamar ketsa, chap burchakdagi zarbalarning atigi 0,97 foizinigina darvozabonlar qaytarishni uddasidan chiqishar ekan. Ko'rinib turibdiki, chap oyoqda, chap burchakka yo'llangan zarba ko'pincha gol bilan yakunlanar ekan.
Darvozabonlar uchun olib chiqishning iloji yo'q penatilar qaysi nuqtaga yo'llanadi?
Chap burchakning pastki qismi 82,95 foiz
O'ng burchakning pastki qism 83,35 foiz
Chap burchakning 9 ligi 84,53 foiz
Zamonaviy futbolda Hariy Keyn va Ronaldu zarbalarinng 86 foizini aynan chap burchakning 9 ligiga yo'llashgan va balki shu sabab penaltilarda hammadan kam xato qilishgan bo'lsa, ajab emas