Shvaynshtayger «Bavariya»ga qaytadi...mi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3400
“Bavariya” boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge yarim himoyachi Bastian Shvaynshtayger haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
“Bavariya” har doim sobiq futbolchilarining keyingi faoliyatiga qiziqib kelgan. Men jamoamizda Bastian Shvaynshtaygerni ko'rmoqchiman.
Bilaman, u qachondir Myunxenga qaytadi. Shvaynshtaygerning xayrlashuv o'yini- o'tgan yilning eng emotsional voqeasi bo'lgan. Muxlislar o'zlari yoqtirgan futbolchini yana maydonda ko'rishsa xursand bo'lishlari aniq.
Biz Bastian bilan doimo yozishib turamiz, ba'zida esa telefon orqali gapiramiz. Men unga “Bavariya”ga qaytish variantini o'ylab ko'rishni taklif qildim. O'ylashimcha, bu unga yoqadi va u qaytadi”, - deydi Rummenigge.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!