«Yuventus» etakchi futbolchisi bilan yangi shartnoma tuzishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2258
Turinning “Yuventus” klubi jamoa hujumchisi Mario Manjukich bilyan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Tuttosport xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, tomonlar 2021 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yili yakuniga etadi.
Manjukich yangi shartnomasiga ko'ra, yiliga 4,5 million evro maosh oladi.
Eslatib o'tamiz, Manjukich “Yuventus” safida 2015 yildan buyon to'p surib keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!