Bugun 5 nafar dzyudochimiz g'oliblik uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6468
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Marrakesh shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqa davom etmoqda.
Vakillarimizning kechagi muvaffaqiyatli ishtirokidan keyin bugun tatamiga chiqadigan polvonlarimizdan ham yuqori natijalar kutib qolamiz.
Reglamentga ko'ra, bugun o'rta vazn toifalarida bahslar o'tkazilib, ushbu kun doirasida 5 nafar dzyudochimiz g'oliblik uchun kurashga kirishadilar. -73 kg vazn toifasida Hikmatillo To'raeva va G'iyosjon Boboev, -81 kg. vazn toifasida Sharofiddin Boltaboev, -63 kgda Hojiniso Komoldinova hamda -70 kgda Muhayyo Ibragimova yurtimiz sharafini himoya qiladilar.
Eslatib o'tamiz, birinchi kun bellashuvlaridan keyin vakillarimiz 2 ta oltin medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinda ketishmoqda.