Butunjahon qishki universiadasi. Tog' chang'ichilarimiz superkombinatsiyada ishtirok etishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 893
O'zbekistonlik sportchilar Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida bo'lib o'tayotgan Butunjahon qishki universiada o'yinlarida o'z ishtiroklarini davom ettirishmoqda.
Tog' chang'ichisining superkombinatsiya (super-gigant va slalom) yo'nalishi bo'yicha bahslarda vakillarimiz Komiljon To'xtaev, Damir Buxarbaev va Aldiyor Gaipov dunyoning 30 ga yaqin davlatidan tashrif buyurgan 65 nafar sportchi qatori ushbu murakkab yo'nalishda o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishdi.
Dastlab super-gigant bahslarida xatolikka yo'l qo'ygan vakillarimiz slalomda o'z ko'rsatkichlarini yaxshilab olishdi.
Ikkala sinov yakuniga ko'ra Komiljon To'xtaev 35-o'rinni egallagan bo'lsa, Aldiyor Gaipov 41, va Damir Buxarbaev 42-natijani qayd etishdi.
Ta'kidlash joiz, bu turda eng yaxshi natijani shveytsariyalik Yannik Shablo qayd etdi, keyingi sovrinli o'rinlar rossiyalik sportchilarga nasib etdi.
Ertaga tog' chang'ichilarimiz slalom-gigant yo'nalishida ishtirok etishadi.