Islom To'xtaxo'jaev — OChLda haftaning eng chiroyli goli sohibi (video+foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7783
OFK saytida o'tkazilgan so'rovnomada Osiyo Chempionlar Ligasi 1-turining eng chiroyli goli aniqlandi. Unga ko'ra, «Lokomotiv» sardori Islom To'xtaxo'jaevning «Al Vahda» darvozasiga urgan goli haftaning eng chiroyli goli deb topildi.
Islom «Al Vahda»ga qarshi o'yinning 90+3-daqiqasida jarima zarbasidan chiroyli gol urgandi. Ovoz berish jarayonida «Lokomotiv» himoyachisining goli Gonsalo Vieyra, Serjino va Chezinyalarning gollarini ortda qoldirdi.
So'rovnomada umumiy 2 262 kishi qatnashgan va ulardan 1 441tasi, ya'ni 64 foizi To'xtaxo'jaevning goliga ovoz bergan.
⚽ The first #ACL2019 Allianz Goal of the Week here!
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!