Parijlik kirakash "MYu" muxlisini tepkiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5797
"Manchester Yunayted" muxlisi EChLdagi "PSJ"ga qarshi javob o'yinidan keyin kutilmaganda jarohatlandi.
"Sky Sports" nashrining yozishicha, Parijda "MYu" klubi muxlisi va kirakash o'rtasida mojaro kelib chiqqan. Uch nafar muxlis taksi to'xtatishgan. Yo'lda esa kirakashga angliyalik muxlislarning "PSJ" ustidan qozonilgan g'alabani katta ishtiyoq bilan nishonlashgani yoqmagan.
Oqibatda kirakash mashinani to'xtatib, muxlislardan tushishni talab qilgan. Keyin ular orasidagi muxlisani haqoratlagan. O'rtaga tushgan boshqa bir ishqibozning esa oyog'iga tepa boshlagan. Jarohatlangan ishqiboz tezda kasalxonaga olib borilgan.
Politsiya ayni damda tartibbuzarni izlagani yo'q.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!