«Dinamo» yangi futbolchilar taqdimotini o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6933
Bugun, 8 mart juma kuni “Dinamo” futbol klubi o'z an'anasiga ko'ra, Superliga-2019 bahslaridan oldin yangi futbolchilar tanishtiruv marosimini o'tkazadi.
Taqdimot marosimi Samarqand shahridagi yoshlar markazi katta zalida o'tkaziladi. Unda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etishi kutilmoqda.
Yangi mavsum oldidagi tadbirda “Dinamo” jamoasining barcha futbolchilari va murabbiylari tanishtiriladi. Taqdimot marosimi soat 18:00da boshlanishi rejalashtirilgan. Tanishitiruv marosimida OAV xodimlari va “Dinamo” jamoasining faxriy va jonkuyar muxlislarini taklif etib qolamiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!