FIFA «Chelsi»ni jiddiy jazoga tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1255
«Chelsi» navbatdagi ikkita transfer oynasi davomida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.
Klub voyaga etmagan xorijlik futbolchilar shartnoma imzolagani uchun FIFA tomonidan shunday jazoga tortildi. Londonliklar 29ta shunday qoidabuzarlikka yo'l qo'yishgani aniqlandi.
Ushbu taqiq klubning ayollar va futzal jamoalariga taalluqli bo'lmaydi. Bundan tashqari, "Chelsi" 600 ming shveytsariya franki miqdorida jarima to'laydi.
«Chelsi» ushbu qaror yuzasidan FIFAning apellyatsiya qo'mitasiga shikoyat kiritishi mumkin. Mazkur qo'mita ham klubning talabini qanoatlantirmasa, jamoa Sport arbitraj sudiga murojaat qilishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!