«Lion» prezidenti: «Barselona»dan o'chimizni olmoqchimiz
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4795
“Lion” prezidenti Jan-Mishel Olas chempionlar ligasining 1/8 finalidan o'rin olgan “Barselona”ga qarshi o'yin oldidan fikr bildirib o'tdi.
“Seshanba kuni bizning stadionimizda o'yin bo'ladi. Biz bunday o'yinlar haqida orzu qilamiz. Bu boshqacha kecha bo'ladi. Bunday o'yinlar har doim asabiy ruhda o'tadi. Hamma mag'lub bo'lishdan qo'rqadi.
Biz “Barselona”ga qarshi o'tkazgan so'nggi o'yinimizda sharmanda bo'lganmiz (1:1, 2:5). Shuning uchun ulardan o'chimizni olmoqchimiz. Bu o'yinga telbalarcha tayyorlanamiz”, - deydi Olas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!