«Metallurg» yoshlari ikkinchi xalqaro uchrashuvda ham durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5461
2019 yilgi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi yoshlari qo'shni Tojikiston Respublikasida bo'lib, nazorat uchrashuvlari o'tkazayotganligi haqida xabar bergandik.
Kecha Artyom Petrosyan shogirdlari ikkinchi o'yinni Tojikiston Respublikasi birinchiligining o'tgan yilgi g'olibi sifatida oliy ligaga yo'llanamani qo'lga kiritgan “Istaravshan” jamoasiga qarshi o'tkazib, durang o'ynadi. Qayroqqum shahridagi “Milliy bank” stadionida bo'lib o'tgan o'yin gollarga boy bo'ldi. Qiziqarli va murosasiz kurashlar ostida o'tgan uchrashuvda tomonlar ikki martadan muvaffaqiyat qozonishdi – 2:2. “Metallurg” jamoasidan gollarni Shahzod G'ofurbekov hamda Abdullo G'aybullaevlar kiritishdi.
Mazkur uchrashuvni bekobodliklar quyidagi tarkibda maydonga chiqishdi: Aziz Mahmudov, Hasan Hasanov, Farrux Sodiqov, Jasur Rahimov, Husan Hasanov, Davron Anvarov, Ibrohim Turg'unboev, Aram Markaryan, Shahzod G'ofurbekov, Hazrat Tursunqulov, Azamat Abdusattorov.
Zahiradan maydonga tushganlar: Muhriddin Botirov, Jasur Rustamov, Abdullo G'aybullaev, Farhod O'tkirov.