O'zbekiston OTJ a'zolari mehmonxonaga joylashishdi. Bugun dastlabki mashg'ulot o'tkaziladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5430
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zolari bugun erta tongda Toshkent - Istambul - Valensiya yo'nalishi bo'ylab uchib, Ispaniyaga etib borishgani haqida xabar berib o'tgandik. Vakillarimiz avtobusda Valensiya shahridan San-Pedro-del-Pinatar shahriga yo'l olishdi hamda manzilga etib borib, "Thalasia" mehmonxonasiga joylashishdi. Lyubinko Drulovich shogirdlari bugun bu erda dastlabki mashg'ulotni o'tkazishadi. Ispaniyadagi yig'in davomida bir qator nazorat o'yinlari o'tkazish rejalashtirilgan. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida kelasi yil Taylandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashadi. Saralash bahslari Toshkentda o'tkazilib, terma jamoamiz a'zolari Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!