AGMK ikki futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188
AGMK futbol klubi ikki nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi.
2019 yildan e'tiboran AGMKda faoliyat yuritayotgan Boburbek Yo'ldoshev kelasi mavsumda jamoa sharafini himoya qilishga tayyor. Klub Yo'ldoshev bilan 2021 yil yakuniga qadar shartnomani uzaytirdi.
Shuningdek, AGMKning o'ng qanot himoyachisi Mirg'iyos Sulaymonov bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirdi.
Klub va futbolchi o'rtasidagi bitim 2021 yil yakuniga qadar cho'zildi. Sulaymonov qatorasiga uchinchi mavsumda ham olmaliqliklar sharafini himoya qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!