Bugun Torres «Atletiko»ni maydonga olib chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 451
«Atletiko» sobiq hujumchisi Fernando Torres madridliklarning ikkinchi jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganidan xabaringiz bor. U bu lavozimga o'tgan yilning sentyabrida tayinlangan. Faqat undan buni rasmiylashtiruvchi UEFAning PRO litsenziyasini qo'lga kiritish qoldi.
Uning qo'l ostida «Atletiko B» jamoasi bugun birinchi uchrashuvini «Poblense»ga qarshi o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Torres «Atletiko»dan tashqari «Chelsi», «Liverpul» hamda «Milan» kabi grand jamoalar sharafini ham himoya qilgan edi.
U «matraschilar» safida 2018 yil «Evropa Ligasi»da g'olib chiqqan bo'lsa, bir marta EChL finalida ham o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!