«Ayaks» futbolchisiga rus klubidan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164
Amsterdamning «Ayaks» klubi himoyachisi Kvinsi Promes «Spartak» qiziqish markazida bo'lib turibdi.
Sport 24 xabariga ko'ra rus klubi futbolchini ijaraga olishni o'ylab ko'rmoqda. Biroq «Ayaks» undan to'laqonli foyda olish niyatida.
Shuningdek, Kvinsining o'zi ham faoliyatini kuchli beshlik chempionatlarida davom ettirishni rejalashtirgan.
Eslatib o'tamiz, Promes uchun «Spartak» begona jamoa emas. U 2014-18 yillar davomida moskvaliklar sharafini himoya qilgan bo'lib 135 o'yinda maydonga tushib, 66 gol va 33 assistni qayd etgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!