Taekvondo. Rafalovich va Xegay Turkiyadagi reyting turnirida sovrindor bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8844
Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondo bo'yicha «President’s Cup European region» reyting turniri bo'lib o'tmoqda.
Avval xabar berib o'tganimizdek, ushbu musobaqada o'zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishmoqda. Musobaqada -74 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nikita Rafalovich barcha raqiblarini mag'lub etib finalgacha etib bordi va kumush medalga sazovor bo'ldi. -54 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda qatnashgan Valentin Xegay esa bronza medali sohibiga aylandi.
Turnir davom etmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!