Karatechilarimiz «Bishkek Open-2019» xalqaro turnirida qatnashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3141
Ertaga Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida karate WKF bo'yicha bolalar, o'smirlar va kattalar o'rtasida “Bishkek Open-2019” xalqaro turniri boshlanadi. Bu yil 12 marotaba tashkil etilayotgan musobaqada O'zbekiston karate milliy federatsiyasi ham 35 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.
Ushbu musobaqada vatanimiz sharafini Suhrob Sa'dullaev, Sulaymonbek Yusupov, Jahongir Boltaboev, Komron Madaminov, Bekzod Hayitboev, Feruzbek Ro'zmetov, Jamshid Xojakmetov, Sunnatillo Xudoyberganov, Suhrob Rustamov, qizlardan Sevinch Rahimova, Dildor Annadurdieva kabi iqtidorli sportchilarimiz himoya qilishadi.
Musobaqa g'oliblari 10 fevral kuni aniqlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!